KALTSIY NITRAT + Bor (Solar)

15500 UZS

+ Free Shipping

(Ca(NO₃)₂)+B haqida ma’lumot

Umumiy nomi: Kaltsiy nitrat
Kimyoviy formulasi: Ca(NO₃)₂+B
Tashqi ko‘rinishi: Oq kristall yoki granulalangan modda
Erituvchanligi: Suvda juda yaxshi eriydi
Kimyoviy sinfi: Mineral o‘g‘it

Bo'lim: , Tag: ,

Foydalanilishi:

1. Qishloq xo‘jaligida — o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan kaltsiy (Ca) va azot (N) manbai sifatida ishlatiladi.

2. Sanoatda — sovutish suvlari, beton mustahkamlovchi va portlovchi moddalar ishlab chiqarishda foydalaniladi.

 

Qishloq xo‘jaligidagi foydasi:

O‘simliklarning ildiz va poya tizimini mustahkamlaydi.

Barglarning yashilligi va fotosintez jarayonini yaxshilaydi.

Mevalarda chirish, qorayish (masalan, pomidorda uchki chirish) kabi fiziologik muammolarning oldini oladi.

Azotni nitrat (NO₃⁻) shaklida ta’minlaydi, bu o‘simliklar tomonidan tez so‘riladi.

Qo‘llanilishi:

Tomchilatib sug‘orishda: 0.5–1.5% konsentratsiyada eritma holida beriladi.

Yomg‘irlatib sug‘orishda yoki tuproqqa qo‘shish: 200–300 kg/ga, ekin va tuproq turiga qarab.

Barg orqali (listovoy oziqlantirish): 0.5–1% eritma holida purkaladi.

Tavsiya etiladi:

Pomidor, bodring, qalampir, karam, mevali daraxtlar, uzum va boshqa yuqori kaltsiy talab qiluvchi ekinlar uchun.

Fikr-mulohazalar

Baho berilmagan.

“KALTSIY NITRAT + Bor (Solar)&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Shopping Cart