Calcium N

105000 UZS

+ Free Shipping

O’simlik tarkibida kalsiyning kop qismi hujayra devorida kalsiy pektantlar shaklida bo’ladi.

Bo'lim: Tag:

Kalsiy o’simlikning hujayra devori va toqimalarini mustahkamlash vazifasini bajaradi. Bu o’simliklarni infeksiyalar, sovuq urishi va boshqa zararlanishlardan himoya qiladi. O’simliklar kalsiyni tuproqdan oladi. Kalsiy yetishmasligi ildiz va barglarda aniq ko’rinadi. Kalsiy yetishmasligi natijasida o’simlik yaxshi o’smaydi, kuchli yetishmaslik holatida esa o’simlik yuqorisidagi barglari buraladi, och-yashil tus oladi, niholni rivojlanishi sekinlashadi. Yosh barglarda nekrozlar paydo boladi. Meva va osimlik toqimalari yumshayadi. Kalsiy osimlik tarkibida harakatsiz bolgani uchun bu modda yetishmasligi yosh barglarda va mevalarda korinadi. Kalsiy kamligi olmada och doglar paydo bolishiga, pomidor, qalampir va tarvuz mevalarining gul bolgan tomoni chirishiga sabab boladi. Kalsiy qulupnay va bodiring mevalarining sifatini oshiradi va saqlash muddatini uzaytiradi.
Tarkibi:
Kalsiy — 40%
Magniy — 20%
Rux — 1%
Mis — 1%
Marganes — 3%
Molibden — 3%
Qo’llash usuli va sarf me’yori:
Yosh nihol davrida:  700-800 litr suvga/1 litr o’g’it
Boshqa davrlarda:  500 litr suvga/1 litr o’g’it
Eslatma: Foydalanishdagi oraliq 10-15 kun 1 martadan suspenziya ko`rinishida sepiladi.
Qadoqlanishi: 1 litr

Fikr-mulohazalar

Baho berilmagan.

“Calcium N&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Shopping Cart