Serepin 5% em.c.

385000 UZS

Bo'lim: Brand:

HERBITSID
Serepin 5% em.c.

Bug’doy va arpa dalalarida bir yillik begona o’tlarga qarshi kurashda foydalaniladigan tizimli gerbitsid.
Ta’sir qiluvchi moddalari:
Pinoxaden 50 g/l + Cloquintocet mexyl (antidote) 12.5 g/l
Dori shakli:
Emulsiya konsentrati

Xavf darajasi:
3-sinf

Qadoqlanishi:
1 l; 5 l

Foydalanish:
Kuzgi bug’doy va arpa bilan haydalgan maydonlarda bir yillik poyali begona o’tlar, jumladan yovvoyi suli (bo‘sh o‘q), raygres (mastak), tulki dumi, it dumaloqlari, kurmak kabi o’tlarga qarshi ishlatiladi.
Yuqori darajadagi yopishtiruvchi modda preparatning darhol o‘simlikka shimilishi va butun bo‘ylab tarqalishini ta’minlaydi, bu esa begona o’tlarning to‘liq nobud bo‘lishiga olib keladi. Ishlov berilganidan 2 soat o‘tib begona o’tlar o‘sishini to‘xtatadi, ularning to‘liq nobud bo‘lishi esa 1-3 hafta ichida yuz beradi. Tuproq namligi 60-70% bo‘lsa, preparat yanada samarali ta’sir ko‘rsatadi. Preparat begona o’tlar tuplash bosqichida qo‘llaniladi, g‘alla ekinlarida esa naychalash bosqichigacha yakunlanishi kerak.

Narx 385.000

#gerbitsid

Fikr-mulohazalar

Baho berilmagan.

“Serepin 5% em.c.&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Shopping Cart