HERBITSID
Grasidim Full 24% ЭК
Tavsifi:
Bir yillik va ko‘p yillik boshokli begona o‘tlar (g‘alati o‘tlar)ga qarshi yuqori samarali gerbitsid.
Faol modda:
Clethodim – 240 g/l
Dori shakli:
Emulsiya konsentrati (EK)
Xavf darajasi:
III sinf – o‘rtacha xavfli
Qadoqlanishi:
1 litrli idishlarda
Foydalanish sohasi:
Grasidim Full paxta, beda, piyoz, kartoshka, pomidor, bodring, soya, bulg‘or qalampiri, sabzi, kungaboqar, no‘xat, yer yong‘oq, qand lavlagi, sedana, loviya, zig‘ir, oshqovoq, tarvuz, qovun kabi ekinlarda o‘suvchi boshokli (g‘alati) begona o‘tlar ustidan samarali nazorat olib boradi.
Preparat nafaqat begona o‘tlarning yer ustki qismini, balki ildiz tizimini ham yo‘q qiladi. Har xil iqlim va ob-havo sharoitlarida barqaror ta’sir ko‘rsatadi. 40 dan ortiq turdagi begona o‘tlar ustidan kuchli ta’sirga ega.
Ta’sir alomatlari 3–5 kun ichida, o‘simlik rangining o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi. Begona o‘tlarning to‘liq qurishi 7–20 kun davomida sodir bo‘ladi.
Qo‘llanganidan so‘ng 7–10 kun davomida qator oralariga ishlov berish tavsiya etilmaydi. Preparat salqin ob-havo sharoitida (+20°С – +25°С) qo‘llanilishi, 1 ga uchun 250–300 litr ishchi eritma sarflanishi kerak.
Narx 250.000
#gerbitsid
Fikr-mulohazalar
Baho berilmagan.