Grasidim 12% em.k.

175000 UZS

Bo'lim: Brand:

HERBITSID

Grasidim 12% em.k.

Bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi yuqori samarali gerbitsid
Faol modda:
Kletodim 120 g/l
Dori shakli:
Emulsiya konsentrati

Xavf darajasi:
3-sinf
Qadoqlash:
1 l

Foydalanish:
G‘o‘za, beda, piyoz, kartoshka, pomidor, bodring, soya, bulg‘or qalampir, sabzi, kungaboqar, no‘xat, yeryong‘oq, qandlavlagi, sedana, loviya, zig‘ir, oshqovoq, qovun, tarvuz ekinlaridagi boshoqli begona o‘tlarga qarshi kurashishda qo‘llaniladigan o‘ziga xos va yuqori samarali gerbitsid. Begona o‘tlarning nafaqat yer usti qismini, balki ildiz tizimini ham yo‘qotadi. Ekinning rivojlanish bosqichlari va ob-havo sharoitlaridan qat’i nazar, samarali natija ko‘rsatadi. 40 dan ortiq turdagi bir yillik va ko‘p yillik boshoqli begona o‘tlarni samarali nazorat qiladi. Ta’sirining yaqqol belgilari ishlovdan 3–5 kundan so‘ng o‘simlikning o‘suv organlarining rangi o‘zgarishi bilan ko‘zga tashlanadi. Boshoqli begona o‘tlarning butunlay nobud bo‘lishi 7–20 kun davomida sodir bo‘ladi. O‘simlikning ilk rivojlanish davrida qo‘llanilganda, yaproqlarda xloroz belgilari namoyon bo‘lishi mumkin, lekin g‘o‘zaning o‘suviga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparat qo‘llanilgandan so‘ng 7–10 kun davomida qator orasiga ishlov berish tavsiya etilmaydi. Preparat kunning salqin davrida (+20°C – +25°C), 1 gektar maydon uchun kamida 250–300 litr ishchi eritma sarflanishi lozim.

Narx 175.000

#gerbitsid

Fikr-mulohazalar

Baho berilmagan.

“Grasidim 12% em.k.&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Shopping Cart