Poptryn 50% sus.k.

135000 UZS

Bo'lim: Brand:

GERBITSID

Poptryn 50% sus.k.

Ma’lumot:
G‘o‘za, kartoshka va sabzi ekinlaridagi bir yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi qo‘llaniladigan selektiv gerbitsid.
Faol modda:
Prometrin – 500 g/l
Dori shakli:
Suspenziya konsentrat (SK)
Xavf darajasi:
3-sinf
Qadoqlanish:
0,5 l
Ishonch bilan foydalaning!
Qo‘llanilishi:
Ushbu preparat g‘oza, kartoshka, kungaboqar, soya, loviya, no‘xat va mosh ekinlarini ekish bilan bir vaqtda, o‘simlik unib chiqishidan oldin tasmasimon usulda purkaladi yoki ekishdan oldin tuproqqa purkalib, keyin yer bilan aralashtiriladi. Sabzi, ukrop, petrushka kabi sabzavotlarda esa 1–2 chinbarg hosil bo‘lgan davrda ham qo‘llanishi mumkin.
Poptryn gerbitsidi keng bargli (sho‘ra, yulduzo‘t, raps, jag-jag, suttekan, ituzum, qo‘ypechak, qoqiut, semizo‘t, perko, qiziltasma, bo‘ritaroq, moychechak, bangidevona) va ayrim boshoqli (itqo‘noq, tariq, shamak, kurmak, tulkidum) begona o‘tlarga qarshi yuqori samarali hisoblanadi.
Begona o‘tlar 4–7 kun ichida nobud bo‘ladi.
Istemol me’yori va qo‘llash tartibi:
Ekin turiIstemol me’yori (l/ga)Begona o‘tlar. Qo‘llash vaqti va usuliG‘o‘za1–2Ikki pallali va ayrim boshoqli o‘tlarEkish bilan birga tuproqqa tasmasimon usulda purkaladi yoki yer tayyorlashda aralashtiriladiKartoshka, ko‘katlar2,0–3,0Ba’zi urug‘dan chiqqan boshoqli o‘tlarEkishdan oldin yoki unib chiqishidan oldin tuproqqa purkaladiYashil sabzavotlar (ukrop, petrushka, selderey)2,0–3,0Ikki pallali va ayrim boshoqli o‘tlarEkish vaqtida, unib chiqishidan oldin yoki 1–2 chinbarg davrida qo‘llanadiKungaboqar, no‘xat, loviya, mosh2,5–3,0Ikki pallali va ayrim boshoqli o‘tlar.
Ekish bilan birga tuproqqa purkaladi yoki yerga aralashtiriladi.

Narx 135.000

#gerbitsid

Fikr-mulohazalar

Baho berilmagan.

“Poptryn 50% sus.k.&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Shopping Cart