Mu’tadil ozuqa bilan ta’minlash o‘z navbatida mevalarning tezroq bog‘lanishiga imkoniyat yaratadi. Natijada hosil tezroq pishadi va hosildorlik oshib, hatto me’yorga nisbatan 50% gacha ko‘tarilishi mumkin.
Bundan tashqari, gumat kaliy ildiz tizimi va yashil massa o‘sishini jadallashtiradi, o‘simliklarni noqulay sharoitlarga chidamli qiladi, gerbitsidlarning salbiy ta’sirini kamaytiradi.
Gumat kaliy tuproq bakteriyalari ko‘payishi uchun asosiy omil hisoblanadi, bu bakteriyalar esa tuproqni boyitishga va o‘simliklar uchun ozuqa moddalari bilan yetarlicha ta’minlashga yordam beradi.
Garchi gumat kaliy tarkibida mikroelementlar kam bo‘lsa-da, u tuproqda mavjud mikroelementlar zahirasini faollashtiradi va o‘simliklar uchun ularni yetarli darajada o‘zlashtirish imkonini beradi. Xususan, kam ta’minlangan tuproqlarda gumat kaliy qo‘llanganda ta’siri yaqqol seziladi.
Gumat kaliyning yana boshqa foydali xususiyatlari ham bor:
Tuproqning kislota darajasini pasaytiradi;
Insektitsid, gerbitsid va fungitsidlarning samaradorligini oshiradi;
O‘simliklarni tashqi muhitning noqulay sharoitiga, zararkunandalar va kasalliklarga nisbatan chidamli qiladi;
Agar gumat kaliy doimiy ravishda qo‘llanilsa, vaqt o‘tishi bilan yerdagi gumus qatlami ortib boradi.
Fikr-mulohazalar
Baho berilmagan.