HERBITSID
Sungain Xtra 51% s.d.g.
Tavsifi: Ekishdan oldin va unib chiqishdan oldin tuproqqa qo‘llaniladigan, urug‘dan ko‘payadigan ikki pallali va ba’zi begona o‘tlar nazoratiga mo‘ljallangan samarali gerbitsid.
Faol modda:
Flumioxazin – 510 g/kg
Dori shakli:
Suvda tarqaladigan granulalar (WG)
Xavf darajasi:
III sinf (inson va atrof-muhit uchun o‘rtacha xavfli)
Qadoqlanishi:
1 kg
Qo‘llanish sohasi va ta’siri
Sungain Xtra – ekishdan oldin qo‘llaniladigan tanlab ta’sir qiluvchi gerbitsid bo‘lib, quyidagi ekinlarda ikki pallali (qoypechak, qoiytikan, sho‘ra, temirtikan, qiziltasma, qo‘qi o‘t, yovvoyi turp) va ayrim boshoqli begona o‘tlar nazoratida yuqori samaradorlikka ega:
G‘o‘za
Mosh
Loviya
Soya
Kungaboqar
Nohut
Ta’sir mexanizmi:
Preparat begona o‘tlar unib chiqishidan oldin tuproqqa qo‘llanilganda, ularning urug‘i unish jarayonini to‘xtatadi. Agar begona o‘tlar unib chiqqan bo‘lsa, ular 4–7 kun ichida nobud bo‘ladi. Preparatning samaradorligi uchun tuproqda o‘rtacha namlik bo‘lishi talab qilinadi.
Narx 620.000
#gerbitsid
Fikr-mulohazalar
Baho berilmagan.